Bu shartlar Sakrabot xizmatidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Sakrabot'ga kirib yoki undan foydalanib, siz shu shartlarni va Maxfiylik siyosatini qabul qilasiz. Rozi bo'lmasangiz, xizmatdan foydalanmang.
Xizmat
Sakrabot — Meta reklama kabineti, CRM (AmoCRM yoki Bitrix24), Instagram Direct, sayt formalari va Telegram'ni bog'laydigan veb-platforma. U har bir kreativ bo'yicha lid, aktiv, qual, sotuv va yo'qotishni ko'rsatadi, hisobotlarni Telegram'ga yuboradi, lidlarni guruhga uzatadi, sotuvni Meta'ga qaytaradi va reklamani boshqarishga yordam beradi (kampaniyani to'xtatish, yoqish, o'chirish).
AI xulosa va boshqa tavsiyalar — maslahat xolos; reklama va biznes bo'yicha qaror sizniki.
Akkaunt va kirish
- Kirish Facebook, Google yoki Telegram orqali; bitta akkauntga bir nechta usulni ulash mumkin.
- Kirish usullaringiz xavfsizligi uchun o'zingiz javobgarsiz. Begona qurilmada ishlagan bo'lsangiz, sessiyani yoping (Sozlamalar → Mening profilim).
- Profil va ulanishlar uchun to'g'ri ma'lumot bering; boshqa odam nomidan akkaunt ochmang.
Jamoa va rollar
Proyektga jamoa a'zolarini havola orqali taklif qilish mumkin. Har a'zoning roli bor:
- Egasi — hammasi: reklama, ulanishlar, sozlamalar, jamoa, to'xtatish va arxiv.
- Targetolog — egasiga yaqin huquqlar, lekin egalarga tegmaydi va «egasi» rolini bera olmaydi.
- Mijoz — faqat o'z proyektini ko'radi, hech narsani o'zgartira olmaydi.
Kimga qaysi rolni berganingiz va ular nima qilgani uchun proyekt egasi javobgar; har bir muhim amal jurnalga yoziladi.
Ulangan xizmatlar va ma'lumot
- Siz ulagan reklama kabineti, sahifa, Instagram akkaunti, CRM va Telegram guruhini ulashga va undagi ma'lumotni (mijozlaringiz lidlarini ham) qayta ishlashga huquqingiz borligini tasdiqlaysiz.
- Meta, Instagram, AmoCRM, Bitrix24, Telegram, Payme va Click'ning o'z shartlari ham amal qiladi; ularni buzish natijasida akkaunt cheklansa, Sakrabot javobgar emas.
- Lidlar va mijozlaringiz ma'lumoti sizniki. Ulardan rozilik olish va ma'lumotni qonunga muvofiq ishlatish — sizning mas'uliyatingiz; Sakrabot uni faqat xizmat ko'rsatish uchun qayta ishlaydi (Maxfiylik siyosati).
Reklamaga ta'sir qiladigan amallar
Kampaniya, ad set yoki e'lonni to'xtatish, yoqish va o'chirish tasdiq oynasidan keyin darhol Meta'ga yuboriladi va jurnalga yoziladi. O'chirish qaytarilmaydi. Amal natijasi uchun uni bajargan foydalanuvchi javobgar.
Tariflar va to'lov
- Tariflar, narxlar va limitlar (reklama kabineti, CRM, jamoa a'zosi, mijoz soni) ilovadagi Sozlamalar → Tarif sahifasida ko'rsatiladi.
- To'lov oldindan, tanlangan davr uchun (1, 6 yoki 12 oy) Payme yoki Click orqali qilinadi va obuna muddatini uzaytiradi.
- Limitga yetganda mavjud ma'lumot yopilmaydi — faqat yangi kabinet, CRM, a'zo yoki mijoz qo'shib bo'lmaydi.
- Obuna muddati tugasa, ma'lumot va ulanishlar ishlayveradi, yangi qo'shish esa bepul (Free) tarif limitlari bo'yicha bo'ladi. To'lov bo'yicha savollar — «Aloqa» bo'limidagi manzilga.
Ruxsat etilmaydi
- Xizmatni qonunga yoki Meta reklama qoidalariga zid maqsadda ishlatish.
- Boshqalarning akkaunti, reklama kabineti yoki CRM'iga ruxsatsiz ulanish.
- Xizmatni buzishga, himoyani chetlab o'tishga yoki boshqa foydalanuvchilar ma'lumotini olishga urinish.
- Sayt formasi manzili orqali spam yoki soxta lid yuborish.
Mas'uliyat cheklovi
- Raqamlar Meta, CRM va boshqa manbalardan olinadi — ularning to'g'riligi, kechikishi va mavjudligiga bog'liq. Sakrabot imkon boricha aniq hisoblaydi, lekin xatosiz ishlashni kafolatlamaydi.
- Sakrabot reklama natijasi, lid soni yoki sotuvni kafolatlamaydi.
- Meta, CRM, Telegram, to'lov tizimlari yoki internet uzilishi tufayli bo'lgan kechikish va yo'qotish uchun Sakrabot javobgar emas.
- Qonun ruxsat bergan darajada Sakrabot'ning javobgarligi siz oxirgi 12 oyda xizmat uchun to'lagan summa bilan cheklanadi.
Foydalanishni to'xtatish
Siz istalgan vaqtda foydalanishni to'xtatishingiz, ulanishlarni uzishingiz va ma'lumotni o'chirishni so'rashingiz mumkin (Maxfiylik siyosati, «Ma'lumotni o'chirish» bo'limi).
Shartlar buzilsa yoki xizmat va boshqa foydalanuvchilar xavf ostida qolsa, Sakrabot akkaunt yoki proyektga kirishni cheklashi mumkin.
Shartlar o'zgarishi
Shartlar yangilanishi mumkin: yangi matn shu sahifada, yuqorida yangilanish sanasi bilan chiqadi. Yangilanishdan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirish — yangi shartlarga rozilik.
Qo'llaniladigan qonun
Bu shartlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi. Nizolar avval muzokara yo'li bilan, kelishilmasa — qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Aloqa
Savol, ma'lumotni o'chirish so'rovi yoki shikoyat bo'lsa, shu yerga yozing:
- Telegram: @abchingiz