Targetolog va agentliklar uchun

Reklamaga ketgan pul qaysi kreativdan sotuvga aylanganini ko'ring

Sakrabot Meta reklama kabinetini mijozning CRM'i bilan bog'laydi: har kampaniya, ad set va kreativ bo'yicha lid, aktiv, qual, sotuv va yo'qotish, CPL va sotuv narxi (CAC) — bitta jadvalda.

Ulanadi:AmoCRMBitrix24TelegramMeta CAPI
Lead tahliliNamunaSo'nggi 30 kun
Xarajat
$910
Lead
279
CPL
$3.26
Aktiv
39
Sotuv
19
Yo'qotildi
221
KreativLeadSotuvCAC
Video · chegirma12014$30.00
Karusel · katalog955$62.00
Rasm · aksiya640—
Jami27919$47.89
Raqamlar namuna uchun o'ylab topilgan — haqiqiy mijoz ma'lumoti emas. Eng arzon lid bergan kreativ birorta ham sotuv keltirmagan.

Muammo

Mijoz keldi, lekin qaysi reklamadan?

Lid Meta'da, sotuv CRM'da — ular hech qayerda uchrashmaydi. Targetolog lid sonini ko'rsatadi, mijoz «lidlar sifatsiz» deydi, sotuvchilar «qo'ng'iroq qildik» deydi. Bu bahsni faqat lid bilan sotuv orasidagi ipni ulab, raqam bilan yopish mumkin.

Sakrabot shu ipni ulaydi

Forma va sayt lidlari CRM bilan bog'lanadi

Meta lid formasidan va saytingiz formasidan kelgan har lid CRM'dagi bitimga telefon raqami bo'yicha bog'lanadi — qo'lda solishtirish kerak emas.

Direct suhbatlari sotuvgacha kuzatiladi

Reklama orqali boshlangan Instagram Direct suhbatlari va ulardan chiqqan sotuvlar alohida ko'rinadi.

Har kreativning haqiqiy sotuv narxi

Faqat CPL emas: xarajat / sotuv — kampaniya, ad set va e'lon kesimida. Arzon lid qimmat sotuvga aylanayotgani darhol ko'rinadi.

Yo'qotilgan byudjet ko'rinadi

Lid bor-u, sotuv yo'q kreativlar va yo'qotilgan lidlar ajralib turadi — pul qayerda behuda ketayotganini bilasiz.

Imkoniyatlar

Reklama, CRM va sotuvchilar — bitta ekranda

Har bo'lim bitta savolga javob beradi: pul qayerga ketdi va nima olib keldi.

Lead tahlili

Kampaniya → ad set → e'lon: xarajat, lead, CPL, aktiv, qual, sotuv, yo'qotish, konversiya va sotuv narxi bitta jadvalda.

Sotuv analizi

Har sotuvchi nechta lid oldi, nechtasini sotdi va lidga qanchalik tez javob berdi.

Lid analitikasi

Meta formasidan kelgan har lid CRM'ga tushdimi, tushmagan bo'lsa — nega.

Direct va SMS tahlili

Reklama orqali boshlangan Instagram Direct suhbatlari va har mijoz bilan nima bo'lgani.

Telegram hisobot va ogohlantirishlar

Yangi lid bir daqiqada guruhda; ertalabki, haftalik va oylik hisobot; sotuvsiz kampaniya haqida ogohlantirish.

AI xulosa

Tanlangan davr bo'yicha qisqa xulosa: qaysi kampaniya ishladi, qaysi biri yo'q. AI'ga faqat jamlangan raqamlar yuboriladi.

Meta CAPI

CRM'dagi qual va sotuv Meta'ga qaytadi — reklama algoritmi lidga emas, sotuvga qarab o'rganadi.

Jamoa va mijozga ko'rish huquqi

Egasi, targetolog va mijoz (faqat ko'rish) rollari, har amal jurnalda. Mijozga hisobot maxfiy havola bilan.

AmoCRM va Bitrix24

Voronka va bosqichlar ulanishda o'qiladi; qaysi bosqich qual, sotuv yoki yo'qotish ekanini bir marta belgilaysiz.

Uch tilda

Interfeys o'zbek, rus va ingliz tilida — har foydalanuvchi o'z tilini tanlaydi.

Qanday ishlaydi

To'rt qadamda ishga tushadi

  1. 1

    Facebook bilan kiring

    Facebook orqali kirasiz va mijozning Meta reklama kabinetini proyektga ulaysiz.

  2. 2

    CRM'ni ulang

    AmoCRM yoki Bitrix24 ulanadi; qual, sotuv va yo'qotish bosqichlarini bir marta belgilaysiz.

  3. 3

    Telegram guruhni ulang

    Yangi lidlar, hisobotlar va ogohlantirishlar mijoz yoki jamoa guruhiga keladi.

  4. 4

    Natijani kuzating

    Lead tahlilida har kreativ bo'yicha sotuv va uning narxi; mijozga — tayyor hisobot.

Meta CAPI

Sotuv Meta'ga qaytadi — reklama sotuvga qarab o'rganadi

Odatda Meta faqat lidni ko'radi va arzon lid beradigan odamlarni qidiradi. Sakrabot CRM'dagi qual va sotuvni Conversions API orqali Meta'ga qaytaradi — algoritm kim haqiqatan sotib olganini biladi.

  1. CRM'da sotuv

    Bitim sotuv bosqichiga o'tdi

  2. Sakrabot

    Sotuvni reklama lidi bilan bog'laydi

  3. Meta

    Hodisa lid raqami yoki telefonning SHA-256 xeshi bilan keladi

  4. Reklama

    Sotuv hodisasiga qarab optimallashadi

  • Ism, username va yozishma Meta'ga yuborilmaydi.
  • Forma lidlari — Meta lid raqami bilan, Direct sotuvlari — telefon raqamining SHA-256 xeshi bilan.
  • Har hodisa bir marta yuboriladi — takrorlanmaydi.

Narxlar

Tarifni tanlang

To'lov Payme yoki Click orqali, so'mda. Limitga yetganda ma'lumot yopilmaydi — faqat yangisini qo'shib bo'lmaydi.

Free

Boshlash uchun — bir-ikki mijoz bilan sinab ko'ring.

Bepul

Standart

Tavsiya

Bir nechta mijozni yuritadigan targetolog uchun.

Narx tez orada

Pro

Ko'p mijozli agentlik va jamoa uchun.

Narx tez orada

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Qaysi CRM'lar bilan ishlaydi?

AmoCRM va Bitrix24. Har mijoz proyektiga ulardan biri ulanadi; bitimlar va bosqichlar avtomatik tortib olinadi.

Nechta reklama kabinetini ulash mumkin?

Har mijoz (proyekt) uchun bitta Meta reklama kabineti ulanadi. Mijozlar soni tarifingizga bog'liq.

CRM'da biror narsani o'zgartirish kerakmi?

Yo'q. Voronka va bosqichlar ulanishda o'qiladi; qaysi bosqich qual, uchrashuv, sotuv yoki yo'qotish ekanini bir marta belgilaysiz. Lid CRM'dagi bitimga telefon raqami bo'yicha bog'lanadi.

Meta CAPI nima va u nega kerak?

Conversions API — Meta'ga hodisani server orqali yuborish yo'li. Sakrabot CRM'dagi qual va sotuvni Meta'ga qaytaradi, shunda reklama algoritmi lid soniga emas, haqiqiy sotuvga qarab o'rganadi. CAPI har proyektda Ulanishlar sahifasida yoqiladi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Meta va CRM kirish kalitlari bazada shifrlangan (AES-256-GCM) holda saqlanadi. Meta'ga ism va yozishma ketmaydi, AI xulosaga faqat jamlangan raqamlar yuboriladi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.

Mijozimga hisobotni qanday ko'rsataman?

Uch yo'l bor: mijozni jamoaga «faqat ko'rish» roli bilan taklif qilasiz, PDF hisobotni maxfiy havola orqali yuborasiz yoki mijoz Telegram guruhiga har kuni va har hafta hisobot keladi.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Interfeys o'zbek, rus va ingliz tilida. Mijoz guruhiga boradigan Telegram xabarlari va PDF hisobot — o'zbek tilida.

Qanday to'lanadi?

Payme yoki Click orqali, so'mda — 1 oy, 6 oy yoki 1 yilga. To'lov ilovadagi Tariflar bo'limidan qilinadi.

Bepul sinab ko'rsa bo'ladimi?

Ha — «Free» tarifi bepul. Pullik tarifga xohlagan vaqtda o'tasiz.

Tarif limitiga yetsam nima bo'ladi?

Hech narsa yopilmaydi: mavjud mijozlar, kabinetlar va hisobotlar ishlayveradi. Faqat yangi mijoz, kabinet, CRM yoki jamoa a'zosini qo'shish uchun tarifni oshirish kerak bo'ladi.

Reklama pulingiz qayerga ketayotganini ko'ring

Facebook orqali kiring, reklama kabineti va CRM'ni ulang — raqamlar birinchi sinxrondan keyin chiqadi.